Hi! How can we help You?

ANSOR MMT

“ANSOR MMT” MChJ 2024-yilda tashkil etilgan boʻlib, Markaziy bankning mikromoliya tashkilotlari reestriga 114-raqam bilan kiritilgan, shariat standartlariga toʻliq javob beradigan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatadi.

Kompaniyaning Moliyaviy xizmatlari: - Murabaha (Murabahah) - tovarlarni sotib olish va ustama bilan bo'lib-bo'lib sotish. “ANSOR MMT” MChJ tovarlarni sotib oladi va hamkor bilan kelishilgan narxda nasiyaga sotadi.

- Ijarah \ Ijarah muntahiyya bittamlik (Ijarah \ Ijarah muntahiyya bittamlik) - ko'char va ko'chmas mulkni ijaraga berish, keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish.

Mudzoraba – bu hamkorlik bo‘lib, unda “ANSOR MMT” MChJ mudarib bo‘lib, mablag‘larni jalb qiladi va ularni loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Hamkorlar Shariat standartilariga ko’ra ruxsat etilgan loyihalarga mablag'larni investitsiya qilishadi. Foyda va zararlar shartnomaga muvofiq taqsimlanadi.

Mushoraka – bu hamkorlik bo’lib, bunda sheriklar har bir ishtirokchining ulushiga muvofiq biznesga sarmoya kiritadi va olingan foyda va zarar o'zaro taqsimlanadi.

Salam - mahsulotni joriy narxda yetkazib berish kechiktirilgan holda sotish. Asosan, oldindan to'lov bilan xarid qilishdir. Xaridor ma'lum vaqtdan so'ng mahsulotni qayta sotadi, joriy bozor narxi va avvalgi salam bitimi narxi o'rtasidagi farqdan foyda oladi.

Noyob xususiyatlar:

Moliyalashtirish:

Moliyalashtirish qat'iy shariat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda yashirin komissiyalar va foizlar, shuningdek, riboning har qanday turlari va ko'rinishlariga yo'l qo'yilmaydi. Hamkorlikdagi xavfsizlik, adolat va barqarorlik “ANSOR” ekotizimining muvaffaqiyati kalitidir.

Moslashuvchan shartlar:

Loyihani amalga oshirish, boshqarish, egalik qilish va transfer (o’tkazish) qilish barcha bosqichlarida hamkorlikning to‘liq shaffofligi, adolatliligi va halolligi asosida moliyalashtirish dasturlarini har bir hamkorning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtiriladi.

Moslashuvchan shartlar:

Biz moliyalashtirish dasturlarini har bir mijozning aniq ehtiyojlariga moslashtirib, ishning har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlaymiz — ish boshlashdan biznesni kengaytirishga qadar.

Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash:

“ANSOR MMT” MChJ shariat standartlari asosida barqaror rivojlanishga intilayotgan tadbirkorlarning ishonchli hamkori bo‘lib, har bir alohida loyihaning o‘ziga xosligini saqlagan holda loyihalarni moliyalashtiradi. Moliyaviy xizmatlarni biznes sheriklarning ehtiyojlari va talablariga moslashtiradi.