Hi! How can we help You?

Biz haqimizda

“ANSOR” ekotizimi Shariat standartlariga muvofiq turli xil moliyaviy xizmatlarni taqdim qilish uchun tuzilgan bo’lib, halollik, havfsizlik va to’liq shaffoflikni kafolatlaydi.
Ekotizimning asosiy moliyaviy xizmatlari:
- mikromoliyalash;
- ikki tomonlama sug'urta;
- ijara (ijara);
- murabaha (bo'lib to'lash);
- mudzoraba;
- mushoraka;
- islomiy qimmatli qog’ozlar (sukuk) emissiyasi;
- innovatsion to’lov xizmatlari.

KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Xizmatlar haqida maslahat olish uchun biz bilan bog'laning

Sizning so'rovingiz bo'yicha har doim “ANSOR” ekotizimining mahsulot va xizmatlari haqida kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnunmiz.

+

Malakali xodimlar

Islom moliyasi - bu shariat standartlari tamoyillariga mos keladigan, Ribo turlarini barchasini (sudxo'rlik, g'aror, maysir va boshqalar) istisno qiluvchi hamda sheriklik munosabatlarida adolat va shaffoflikni ta'minlaydigan moliyaviy xizmatlar tizimidir.

Mikromoliya olish uchun siz bizning platformamiz orqali murojaat qilishingiz yoki biz bilan bog'lanishingiz kerak. Arizangizni ko'rib chiqqandan so'ng, “ANSOR” sizning ehtiyojlaringizga mos keladigan moliyalashtirish turlarini taklif qiladi.

“ANSOR SUG‘URTA BIRLASHMASI” jamiyat a’zolarining mulkiy va nomulkiy manfaatlarini ikki tomonlama sug‘urta qilish asosida sug‘urta qoplamasini ta’qdim etadi:
- muayyan mol-mulkning yo’qotilishi (nobud bo’lishi) yoki shikastlanishi;
- sug'urtalangan shaxslarning hayoti, sog'lig'iga yetkazilgan zarar tufayli davolanish harajatlari va ularning mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni sug'urta qoplamasi;
- ikki tomonlama sug'urta qilish bo'yicha qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi hatarlar.

- Jamiyat ishtirokchilarining ixtiyoriy xayriya mablag‘lari hisobidan O‘zaro fond shakllantiriladi.
O’zaro fond mablag'lariga egalik qilish huquqi fond ishtirokchilariga tegishlidir, lekin fond mablag'larini boshqarish shartnomaga asosan Operatoriga yuklatiladi.
O'zaro sug'urta:
- o'zaro sug'urta ishtirokchisi bir vaqtning o'zida sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi hisoblanadi;
- sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qoplamasi (taavun) fond mablag'lari hisobidan to'lanadi.

Ekotizim xizmatlaridan yuridik va jismoniy shaxslar asbob-uskunalar, avtomobillar, ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materiallar va boshqa loyihalarini moliyalashtirish uchun mablag’larni jalb qilishlari mumkin.

Hozirgi vaqtda quyidagilarni sotib olish va sotish bo’yicha loyihalar ko'rib chiqilmoqda:
- texnika va uskunalar;
- tijorat ko'chmas mulki;
- ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo va materiallar va boshqa loyihalar.

“ANSOR” EKOTIZIM STRATEGIYASI

slide 1
Image Slide 2
Image Slide 1
Image Slide 3
previous arrowprevious arrow
next arrownext arrow
Shadow
FAOLIYAT

O'zaro manfaatli hamkorlik - muvaffaqiyat garovi.

"ANSOR" ekotizimining Shariat standartlari asosida taklif etayotgan moliyaviy xizmatlari o’zaro hamkorlik xatarlarini kamaytirishga qaratilgan.

Individual yondashuv

Biznes loyihalar hamkorlarning o’ziga xos biznes strategiyasini saqlab qolgan holda o’rganiladi va moliyalashtirish usullari taklif etiladi.

Shaffoflik

Bizning jarayonlarimiz to'liq shaffof bo'lib, mijozlar bilan o'zaro munosabatlarimiz adolatli sheriklik va halollik tamoyillariga asoslanadi.

k+

Project Complete

Trusted By

Yangiliklarimizga obuna bo'ling