
"BILL PAY" by "ANSOR" xavfsiz, tezkor va oson to'lovlar va pul o'tkazmalarini ta’minlaydi.
"BILL PAY" by "ANSOR" xavfsiz, tezkor va oson to'lovlar va pul o'tkazmalarini ta’minlaydi.
“ANSOR SUG‘URTA BIRLASHMASI” MChJ zarur mablag‘larni birlalikda jamlash asosida jamiyat a’zolarining mulkiy va nomulkiy manfaatlarini ikki tomonlama sug‘urtalashni amalga oshiradi.
Shariat standartlariga muvofiq hamkorlikka asoslangan “ANSOR” moliyaviy ekotizimi quyidagilarni kafolatlaydi:
- halollik, xavfsizlik va to'liq shaffoflik;
- foyda va zararlarni bo’lishish.
Ekotizimning Asosiy xizmatlari:
- mikromoliyalashtirish;
- ikki tomonlama sug'urta;
- ijara (ijara);
- murabaha (bo'lib to'lash);
- mudoraba;
- mushoraka.
"ANSOR" ekotizimining Shariat standartlari asosida taklif etayotgan moliyaviy xizmatlari o’zaro hamkorlik xatarlarini kamaytirishga qaratilgan.
Biznes loyihalar hamkorlarning o’ziga xos biznes strategiyasini saqlab qolgan holda o’rganiladi va moliyalashtirish usullari taklif etiladi.
Biznes jarayonlarning har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarning shaffofligi va adolatlilidir.
Sizning so'rovingiz bo'yicha har doim “ANSOR” ekotizimining mahsulot va xizmatlari haqida kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnunmiz.
Malakali xodimlar
Islom moliyasi - bu shariat standartlari tamoyillariga mos keladigan, Ribo turlarini barchasini (sudxo'rlik, g'aror, maysir va boshqalar) istisno qiluvchi hamda sheriklik munosabatlarida adolat va shaffoflikni ta'minlaydigan moliyaviy xizmatlar tizimidir.
Mikromoliya olish uchun siz bizning platformamiz orqali murojaat qilishingiz yoki biz bilan bog'lanishingiz kerak. Arizangizni ko'rib chiqqandan so'ng, “ANSOR” sizning ehtiyojlaringizga mos keladigan moliyalashtirish turlarini taklif qiladi.
“ANSOR SUG‘URTA BIRLASHMASI” jamiyat a’zolarining mulkiy va nomulkiy manfaatlarini ikki tomonlama sug‘urta qilish asosida sug‘urta qoplamasini ta’qdim etadi:
- muayyan mol-mulkning yo’qotilishi (nobud bo’lishi) yoki shikastlanishi;
- sug'urtalangan shaxslarning hayoti, sog'lig'iga yetkazilgan zarar tufayli davolanish harajatlari va ularning mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni sug'urta qoplamasi;
- ikki tomonlama sug'urta qilish bo'yicha qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi hatarlar.
- Jamiyat ishtirokchilarining ixtiyoriy xayriya mablag‘lari hisobidan O‘zaro fond shakllantiriladi.
O’zaro fond mablag'lariga egalik qilish huquqi fond ishtirokchilariga tegishlidir, lekin fond mablag'larini boshqarish shartnomaga asosan Operatoriga yuklatiladi.
O'zaro sug'urta:
- o'zaro sug'urta ishtirokchisi bir vaqtning o'zida sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi hisoblanadi;
- sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qoplamasi (taavun) fond mablag'lari hisobidan to'lanadi.
Ekotizim xizmatlaridan yuridik va jismoniy shaxslar asbob-uskunalar, avtomobillar, ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materiallar va boshqa loyihalarini moliyalashtirish uchun mablag’larni jalb qilishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda quyidagilarni sotib olish va sotish bo’yicha loyihalar ko'rib chiqilmoqda:
- texnika va uskunalar;
- tijorat ko'chmas mulki;
- ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo va materiallar va boshqa loyihalar.